Motor moyi almashtirish
Eski moyni to‘liq to‘kamiz, moy filtrini yangisiga almashtiramiz va avtomobilingizga mos yopishqoqlikdagi moy quyamiz.
- Moy filtri almashtirish
- Moy sathini tekshirish
- Probka shaybasi almashtirish
Motor moyi, korobka moyi, antifriz, havo va salon filtrlarini almashtiramiz. Biz Volmer moylarining Qashqadaryodagi dilerimiz — faqat original mahsulot.
Har bir xizmatdan keyin moy sathi va filtrlar holatini tekshirib, keyingi almashtirish muddatini aytib beramiz.
Eski moyni to‘liq to‘kamiz, moy filtrini yangisiga almashtiramiz va avtomobilingizga mos yopishqoqlikdagi moy quyamiz.
Avtomat (ATF) va mexanik uzatmalar qutisi uchun. Moy turini avtomobil ishlab chiqaruvchisi talablariga qarab tanlaymiz.
Toza havo filtri dvigatelni chang va qumdan himoya qiladi, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va quvvatni saqlaydi.
Salonga kiradigan havoni chang, gul changi va hidlardan tozalaydi. Konditsionerdan yoqimsiz hid kelsa — vaqti kelgan.
Eski sovutish suyuqligini to‘kamiz va Volmer C11 / C12 konsentratini to‘g‘ri nisbatda suyultirib quyamiz — yozda qizib ketish, qishda muzlashdan himoya.
Germaniya texnologiyasi asosidagi to‘liq sintetik va yarim sintetik moylar. Batafsil standartlarni ko‘rish uchun mahsulotni bosing.
Ustaxonamizda inomarkalarga ko‘rsatilgan xizmatlardan qisqa videolar. Ko‘rish uchun videoni bosing.
Saytdagi forma, telefon yoki Telegram orqali qulay vaqtni tanlaysiz.
Avtomobil yurgan masofasi va holatiga qarab mos moy va filtrlarni tanlaymiz.
Ko‘z oldingizda ishlaymiz. Eski filtr va moy holatini ko‘rsatamiz.
Keyingi almashtirish uchun probeg va sanani yozib beramiz.
Sifatsiz yoki muddati o‘tgan moy dvigatel ichida qurum hosil qiladi va qismlarning yeyilishini tezlashtiradi. 12 yildan beri Shahrisabz haydovchilariga xizmat qilib kelamiz va faqat original mahsulot bilan ishlaymiz.
Biz VOLMER OIL’ning Qashqadaryodagi dilerimiz — moy qayerdan kelgani aniq, har bir idishda QR-kod bor.
Oldindan yozilgan mijozlar navbatsiz qabul qilinadi.
Barcha ishlar ko‘z oldingizda bajariladi, yashirin to‘lovlar yo‘q.
Moy avtomobil ishlab chiqaruvchisi talab qilgan standart bo‘yicha tanlanadi — Damasdan tortib inomarkalargacha.
Formani to‘ldiring — tez orada qo‘ng‘iroq qilib, vaqtni tasdiqlaymiz.